AML ALERT PRIORITIZATION / FINTECH HACKATHON
Sintetik dataset
MA’LUMOTDAN QARORGACHA

Qaysi signalni
avval tekshiramiz?

10 million tranzaksiya ichidan eskalatsiya bilan bog‘liq patternlarni izladik. Oddiy statistikadan uch komponentli ansamblgacha bo‘lgan yo‘l — kuzatuvlar, tajribalar va tekshirilgan natijalar.

TANLANGAN ANSAMBL
0.6628ROC-AUC

Tarixiy development OOF
11 200 signal · 5 fold

Yangi yakuniy audit —
Hidden-test balli tashkilotchilar baholagach ma’lum bo‘ladi.
YONDASHUV

Har bir signalning oldingi 180 kunlik tarixini jamlaymiz. Tur, yo‘nalish va miqdor taqsimotidan 225 ta statistika tuzamiz. CatBoost, Gaussian va TabICLv2 ehtimollarini birlashtirib, signallarni tekshiruv navbatiga saralaymiz.

02 / DATASET

Har bir qatorning o‘z vazifasi bor.

Label signalga tegishli. Millionlab tranzaksiya 14 mingta mustaqil training labelini ko‘paytirmaydi.

SIGNALS20 000 signalsignal_id · signal_sanasi14 000 train + 6 000 test
1 ⟶ N
TRANSACTIONS10 015 238 yozuvvaqt · tur · yo‘nalish · miqdorHar signal uchun 180 kungacha tarix
TARGET / FAQAT TRAINeskalatsiya0 — yopilgan
1 — qo‘shimcha tekshiruvga yuborilgan
Fayllar va ustunlar lug‘ati +
Fayl / ustunMa’nosi va ishlatilishi
train_signals.csv / test_signals.csvSignal IDsi va sanasi. Train faylida eskalatsiya targeti mavjud.
train_transactions.parquet / test_transactions.parquetsignal_id orqali signalga bog‘lanadigan tarixiy tranzaksiyalar.
tranzaksiya_vaqtiVaqt chegarasi va tarix oynalarini aniqlaydi.
kirim_chiqimkirim yoki chiqim — faylda berilgan yo‘nalish.
tranzaksiya_turikarta, bank_otkazmasi, naqd, xalqaro.
miqdor_indeksiStandartlashtirilgan miqdor; so‘m, balans yoki haqiqiy pul oqimi emas.
sample_submission.csvsignal_id,ehtimollik ko‘rinishidagi topshirish namunasi.

Har oltita signaldan taxminan bittasi

TARGET

Barcha 14 000 training signali

2 405 eskalatsiya, 11 595 yopilgan signal. Musobaqa mezoni ROC-AUC; top 10% navbat foydasini ham o‘lchaymiz.

Train va test bir davrda

VAQT

Signal sanasi bo‘yicha oylik qatorlar

2025-yil yanvar – 2026-yil dekabr. Kelajak sanalari sintetik topshiriqning bir qismi. Sana final modelga feature sifatida kiritilmagan.

✓
Relatsion yaxlitlik

Bo‘sh qiymat, noma’lum signal IDsi yoki tarixi yo‘q signal aniqlanmadi.

↶
5 390 yozuv uchun vaqt filtri

Signal soati berilmagan. Faqat signal sanasi 00:00 dan oldingi tranzaksiyalar ishlatildi.

≈
Train/test drift auditi

Train va testni ajratuvchi klassifikator AUC’i 0.5 ga yaqin. Bu testda katta farq aniqlanmadi; bu barcha drift yo‘qligining isboti emas.

03 / EXPLORATORY DATA ANALYSIS

Faollikdan ko‘ra, uning shakli muhim.

Sinflar bo‘yicha grafiklar 11 200 development signalidan. Har grafikning o‘lchov birligi va populyatsiyasi ko‘rsatilgan.

Yopilgan (0)Eskalatsiya (1)

Signal oldidagi faollik

Tranzaksiya / signal / kun · 6 kunlik intervallar

Karta va o‘tkazmalar ustun

Signal ichidagi ulushning sinf bo‘yicha o‘rtachasi

Turlar ulushi ikkala sinfda yaqin. Keyingi tajriba: tur ichidagi miqdor taqsimotini alohida o‘rganish.

Miqdor indeksidagi farqlar

Tranzaksiyalar bo‘yicha normallangan chastota

Taqsimotlar ustma-ust tushadi. Manfiy indeks manfiy pul miqdori emas. Kvantillar va chetki qiymatlar shu kuzatuvdan kelib chiqdi.

Kirim va chiqimning o‘zi yetarli emas

Har bir signalga teng vazn berilgan

O‘tkazma indeksi va eskalatsiya

Bank chiqimi o‘rtacha indeksi · 10 ta desil

Faollik sakrashi — yakka yechim emas

Oxirgi 7 kun / oldingi 173 kun faolligi · desillar

Ko‘proq faollik doim ko‘proq eskalatsiya emas. Nuqtalar eskalatsiya ulushi, chiziqlar 95% Wilson intervallari.

ASOSIY TOPILMA

Signalning o‘z o‘rtachasi va tarqoqligiga nisbatan hisoblangan miqdor statistikasi karta chiqimi va naqd kirim kabi kichik guruhlardagi patternni yaqqolroq ko‘rsatadi.

Karta chiqimi tarqoqligi

Signal ichida z-normalizatsiya · pastdan yuqori kvartilgacha

Pattern vaqt davomida saqlanganmi?

Karta chiqimi tarqoqligi · eng past va eng yuqori kvartil

Kvartil chegaralari tegishli training foldda topilgan. Belgining o‘zi oldingi izlanishda tanlangan; grafik tavsifiy, yangi mustaqil isbot emas.

04 / FEATURE ENGINEERING

Kuzatuvni model tiliga o‘girish.

Yakuniy pipeline’da 225 ta belgi. Har bir guruh nima sababdan kerakligi EDA bilan bog‘langan.

01

Tur × yo‘nalish bo‘yicha taqsimot

4 tur × 2 yo‘nalish + umumiy guruh. Har birida log(1 + son), ulush, mavjudlik, 9 kvantil, o‘rtacha va standart og‘ish.

EDA sababiBir xil hajm ichida turlicha miqdor patternlari bor.
02

Raw indeks va signal ichidagi z qiymat

z = (indeks − signal o‘rtachasi) / max(std, 0.05). Raw va z taqsimotlari birgalikda saqlanadi.

EDA sababiSignalning umumiy darajasi kichik guruh farqini yashirishi mumkin.
03

Yo‘q guruhlarni ajratish

Mavjudlik va ulush alohida. Mavjud bo‘lmagan guruhning miqdor statistikasi missing sifatida saqlanadi; imputer faqat trainingda fit qilinadi.

EDA sababiTranzaksiya yo‘qligi bilan nol indeks bir xil ma’no bermaydi.
04

Chegaralar va identifikatorlar

Vaqt filtri har signal ichida. signal_id faqat bog‘lash uchun; target, signal sanasi va hidden label feature emas.

Validatsiya sababiKelajak yozuvi yoki ID orqali ma’lumot sizishini cheklash.

Hisob: 9 guruh × [3 son/ulush/mavjudlik + 2 ko‘rinish × 11 miqdor statistikasi] = 225 belgi. Kengroq vaqt, sequence va risk featurelari quyidagi tajribalarda tekshirildi.

05 / TADQIQOT KUNDALIGI

Birinchi tajribadan yakuniy tanlovgacha.

14 tarixiy bosqich, so‘ng yakuniy audit. Har bosqichda savol, usul, natija va qaror.

Raqamlarni qanday o‘qish kerak?

OOF — har signalni o‘sha signal qatnashmagan training modelida baholash. Development ko‘p marta ishlatilgan; 4-fold, 5-fold va early-stopping protokollari farq qiladi. Quyidagi raqamlar izlanish tarixi, hidden-test natijasi emas.

23–26 SENTABR / 2026
15
27-SENTABR / YAKUNIY AUDIT

Parametrlar muzlatildi. Model qayta tekshirildi.

Yangi 5-fold validatsiya, avval ko‘rilgan holdout, vaqt stress-testi va saqlangan modellardan CSVni qayta yaratish.

Natijalar ↗
Barcha taqqoslash natijalari +
CSV yuklash ↓

Bosqich / modelOOF AUCProtokolManba

Jadvalda avvalgi nazorat va fixed blendlar ham bor. Qatorlar soni mustaqil yangi modellar soni emas. Qidiruv natijalari to‘liq ko‘rsatiladi.

06 / FINAL ENSEMBLE

Bir-birini to‘ldiruvchi uchta qarash.

Vaznlar yangi yakuniy auditdan oldin belgilangan. Barcha 14 000 original signal final refit va kontekstda.

56.25% CatBoost
18.75% Gaussian
25% TabICLv2
A / DARAXTLAR

CatBoost

Nolinear bog‘lanish va featurelar o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.

  • 3 seedning o‘rtachasi
  • 200 daraxt · depth 4
  • learning rate 0.025 · L2 40
  • 225 statistika · rsm 0.8
B / STATISTIK MODEL

Gaussian

Statistikaning o‘lchov noaniqligini hisobga oladi.

  • Measurement-error modeli
  • Covariance mixing: 0 / 0.5 / 1
  • Tanlash faqat inner splitda
  • So‘ng barcha train’da refit
C / KONTEKST

TabICLv2

Training signallari va ularning labelidan kontekstda foydalanadi.

  • 8 estimator · 225 statistika
  • Public pretrained checkpoint
  • 14 000 signal final kontekstda
  • Fine-tuning bajarilmagan
YAKUNIY EHTIMOLp = 0.5625 × pCatBoost + 0.1875 × pGaussian + 0.25 × pTabICL

0 va 1 oralig‘idagi uzluksiz qiymat. Alohida kalibrlash bajarilmagan; musobaqa ehtimollar tartibini ROC-AUC bilan baholaydi.

Tanlov sababi: tarixiy OOF 0.662776; keyingi usullar barqaror yaxshilanish bermadi. Eng yaqin oldingi ansamblga nisbatan kichik farq statistik jihatdan tasdiqlanmagan. Bu natija datasetning nazariy chegarasi degani emas.

07 / VALIDATION

Bitta chiroyli raqam bilan cheklanmadik.

Parametrlar o‘zgarmagan holda yangi bo‘linishlar, tarixiy holdout va keyingi sanalardagi signallar tekshirildi.

Mustaqillik chegarasi

Yangi foldlar oldin izlangan training ma’lumotlarida tuzildi. Ular yangi tegilmagan test emas. Bootstrap intervallari saqlangan predictionlarga shartlangan; oldingi model tanlovi va qayta training noaniqligini to‘liq qamramaydi. Mijoz IDsi berilmaganligi sabab mijozlar bo‘yicha ajratish tekshirilmagan.

Yangi 5-fold OOF ROC

14 000 signal · har signal bir marta tashqi validatsiyada

Har bir fold va komponent

ROC-AUC · fixed ansambl va CatBoost nazorati

Sifat va kalibrlash diagnostikasi

Yangi 14 000 signalli OOF

ModelAUCAPBrier

AP — Average Precision. Brier ehtimollar xatosini o‘lchaydi; pastroq yaxshiroq. Bu ko‘rsatkichlar hidden testga tegishli emas.

Ma’lumot sizishi va qayta bajarish

  • Har signalning barcha tranzaksiyalari bitta foldda
  • Imputer va Gaussian tanlovi faqat training ichida
  • TabICLv2 kontekstidagi feature va labellar aynan tekshirildi
  • Training va tashqi validation IDlari kesishmaydi
  • Final CSV saqlangan modellardan qayta hisoblandi
  • Asl datasetlarning SHA-256 qiymati o‘zgarmagan
Sana va tarix hajmi bo‘yicha OOF diagnostikasi +
GuruhQiymatSignallarROC-AUCAP

Post-hoc tavsifiy diagnostika. Natijalarga qarab model qayta sozlanmadi.

08 / XULOSA

Asosiy topilmalar. Takrorlanadigan yechim.

01

Taqsimot — foydali signal

Miqdor indeksining tur va yo‘nalish kesimidagi nisbiy taqsimoti oddiy son yoki faollikdan ko‘ra samaraliroq representation berdi.

02

Murakkablikni tekshirish kerak

Neural sequence, attention, synthetic ko‘paytirish va yuzlab qo‘shimcha belgilar sinovdan o‘tdi. Ularning ko‘pi ixcham nazoratni oshirmadi.

03

Natijaning chegarasi bor

Sinflar ustma-ust tushadi. Eskalatsiya jinoyat tasdig‘i emas. Model ushbu sintetik topshiriqda tekshiruv ustuvorligini baholaydi.

HACKATHON TOPSHIRIG‘I

Uchta majburiy material.

Bitta rasmiy prediction qabul qilinadi. Topshirish muddati: 27-sentabr 2026, 23:59 — Toshkent vaqti.

  1. team_876DA4EF.csv6 000 signal · signal_id,ehtimollik · tekshirilgan
  2. Ochiq EDA sayt URLiUshbu saytni hostingga joylang va ochiq havolani kiriting.
  3. AML_Travelers_Final.ipynbOriginal fayllardan xususiyat, refit va CSVni qayta yaratish.
Hackaton EDA talablariga moslik +

Dalillar va manbalar

Barcha raqamlar jamoaning saqlangan tajriba hisobotlari va final auditidan. Ommaviy saytda yig‘ma natijalar berilgan. Notebook, original source kodi va tekshiruv fayllari topshirish paketiga kiritilgan.

Dataset tashkilotchilar taqdim etgan sintetik va lokalizatsiya qilingan ma’lumotdir. Tashqi target nusxalari yoki tashkilotchilarning yopiq ma’lumotlari ishlatilmagan. Final trainingda synthetic competition qatorlari: 0.